Afg‘oniston hukumati salkam 2,5 ming mahbusni afv etdi
Mahbuslarni Ramazon hayiti munosabati bilan ozod etish tartibi maxsus qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan.

Foto: AP
Afg‘oniston hukumati Ramazon hayitini munosabati bilan 2463 nafar mahbusni afv etdi. Bu boradagi qaror «Tolibon» yetakchisi Haybatulloh Oxunzoda tomonidan qabul qilindi.
Shuningdek, 3152 nafar mahkumga belgilangan jazo yumshatilgan.
«Mahbuslarni bayram munosabati bilan ozod qilish tartibi Oliy sudning sud inspeksiyasi bosh direktori rahbarligida tuzilgan maxsus qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan», — deyiladi xabarda.
Yanvar oyida Afg‘oniston hukumati o‘tgan yil noyabrda Kobulda hibsga olingan Kanada Qurolli kuchlari faxriysi Devid Laverini ozod etgandi. 2024 yilda ushbu harbiy ishlagan Veterans Transition Network tashkiloti u gumanitar missiyani bajarish uchun Afg‘onistonga tez-tez kelib turganini ma’lum qilgandi. Laveri AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etayotganidan 100 nafar afg‘onni evakuatsiya qilishda yordam bergan.
Avvalroq Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qamoq jazosini o‘tayotgan 321 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

22:28 / 09.04.2025
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?

16:09 / 09.04.2025
Rossiya va O‘zbekiston Transafg‘on temir yo‘li loyihasi bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

07:56 / 09.04.2025
Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin

10:47 / 07.04.2025