Ukraina Rossiyaning Belgorod oblastida ilgarilamoqda
Kursk oblastidan chekingan Ukraina armiyasi Rossiya hududiga yana hujum qilmoqda. Ukraina ham, Rossiya manbalari ham Belgorod oblastining chegara yaqinidagi Demidovka qishlog‘ini Ukraina armiyasi egallaganini tasdiqlamoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ukraina nashri bo‘lmish «Dialog»ning yozishicha, ayni paytda Popovka qishlog‘ida ham shiddatli janglar ketmoqda — Ukraina harbiylari allaqachon qishloq ichida ekani aytilmoqda.
Rossiyaning harbiy blogeri Romanov Layt Demidovkadagi Rossiya droni orqali olingan suratni e’lon qildi va bu yerda Ukraina qo‘shinlarining harakatlanayotgani aniq ko‘rinib turibdi.
Shuningdek, «Rybar» nomli harbiy telegram-kanal ham Ukraina bo‘linmalari hududdagi hujumlarini davom ettirayotganini yozdi. Popovkadagi janglar haqida boshqa Z-kanallar ham xabar tarqatdi.
Germaniyaning BILD nashri yozishicha, Ukraina armiyasi Belgorod oblastidagi yana uchta qishloq tomon ham ilgarilayotgani va chegaradan 500 metrdan 2 kilometrgacha kirib borgani kuzatilmoqda. Ukrainaga yaqin manbalarning aytishicha, hujumning asosiy maqsadi — Sumi oblastini himoya qilish uchun Rossiya hududida bufer hudud yaratish.
BILD nashrining harbiy tahlilchisi Yulian Repkega ko‘ra, Ukraina bir necha oydan beri Kursk oblastida hujumni vaqtincha to‘xtatib, elita bo‘linmalarini boshqa yo‘nalishlarga — Rossiya hududi ichiga yo‘naltirgan.
Bugungi kunda Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastida chegara bo‘ylab 16 kilometrlik hududni nazorat qilmoqda va Rossiya ichkariga 3 kilometrgacha kirib borgan. Shu taktika endi Belgorod oblastida ham qo‘llanyapti.
Bu operatsiyaning ahamiyati bir necha jihatdan muhim:
- Strategik tashabbus Ukrainada ekanini ko‘rsatmoqda. Janglarni Rossiya hududiga ko‘chirish orqali Kiyev frontdagi va ichki siyosiy vaziyatni o‘zgartirmoqda. Rossiya aholisi uchun urush endi televizorda emas — o‘z ko‘zi bilan guvoh bo‘layotgan voqelik.
- Bufer hudud Ukraina chegarasini himoyalaydi. Ayniqsa, Sumi oblasti kabi hududlar uchun bu muvaffaqiyat Ukraina armiyasiga himoyalanish o‘rniga, hujumda bo‘lish imkonini yaratadi.
Ukraina armiyasi endi faqat Donbassda emas, balki Rossiyaning o‘z hududida ham kurashga tayyor ekanini ko‘rsatmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi
Jahon | 22:43
-
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?
Jahon | 21:53
-
Reuters: Rossiya frontda foydalanayotgan o‘q-dorilarning yarmini KXDR yetkazib bermoqda
Jahon | 21:51
-
«Kurash hech qachon tugamaydi». Saida Mirziyoyeva oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonunga kiritilgan o‘zgartirishni olqishladi
O‘zbekiston | 21:48
Mavzuga oid

21:42
Rossiya tinchlikka erishish uchun Ukrainadan anneksiya qilingan hududlarni so‘radi

20:46
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi

20:35
«Millionlab qurbonlar – uch kishi tufayli» – Tramp Ukrainadagi urushda Putinni ham aybladi

17:34