Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
26-28 mart kunlari kutilayotgan havo haroratining o‘zgarishi sababli Toshkent viloyatidagi tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 26-28 mart kunlari Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.
Xususan, kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli viloyatdagi ushbu tumanlarning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor ko‘chishi mumkin:
- Bo‘stonliq;
- Ohangaron;
- Parkent (Chotqol tizmasining tog‘lari).
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Joriy hafta davomida O‘zbekistonda beqaror ob-havo saqlanib turadi. Hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat kechalari +4, kunduz kunlari +8 darajagacha pasayadi.
Mavzuga oid

15:50 / 30.05.2025
Muz ko‘chkisi Alp tog‘laridagi qishloqni yakson qildi. Tabiiy ofatdan oldingi va keyingi suratlar

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

17:35 / 28.05.2025
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi

20:37 / 26.05.2025