Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini ma’lum qildi
Terakt Rossiyaga «do‘stona bo‘lmagan davlat maxsus xizmatlari tomonidan rejalangan va uyushtirilgani», uning ijrosi «xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zolari» tomonidan amalga oshirilgani ta’kidlandi.

Foto: RIA Novosti / Grigoriy Sysoyev
Rossiya Tergov qo‘mitasi bir yil avval Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir qilingan terakt «Rossiyadagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida» do‘stona bo‘lmagan davlat maxsus xizmatlari tomonidan rejalangan va uyushtirilgan degan xulosaga keldi. Bu haqda Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma’lum qildi, biroq qaysi davlat ekaniga aniqlik kiritmadi.
«Terakt sodir qilish uchun xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zolari jalb qilingan. Teraktni bevosita Markaziy Osiyoning 6 nafar fuqarosi uyushtirgan, ularning bir qismi taxallus ostida harakat qilgan. Ular xorijda va sirtdan hibsga olinib, qidiruvga berilgan», deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi RBK. Ammo Petrenko bu qaysi xalqaro terrorchilik tashkiloti ekaniga aniqlik kiritmadi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bu shaxslar terakt sodir etganlikda gumon qilinayotgan Tojikiston fuqarolari Dalerjon Mirzoyev, Saidakram Rajabalizoda, Shamsiddin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovni o‘z safiga jalb qilgan va ularni xorijda tayyorgarlikdan o‘tkazgan. To‘rt nafari ham hibsga olingan.
Bundan tashqari, teraktga sheriklikda ayblanayotganlar hibsda: jinoyatchilarga uy-joy ijaraga olishga yordam bergan, transport, qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan yoki terrorchilik faoliyatini moliyalashtirganlar.
«Ayni paytda terrorchilik jinoyatlarini sodir etishda ayblanayotgan 19 nafar shaxsga nisbatan tergov harakatlari yakunlanib, ular hibsda saqlanmoqda va ish materiallari bilan tanishishda davom etmoqda. Bir qator boshqa ayblanuvchilar qidiruvga berilgan», deb qo‘shimcha qildi Petrenko.
2024 yil 22 mart kuni Moskva viloyatining Krasnogorsk shahridagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida terakt sodir bo‘ldi. 4 nafar hujumchi binodagi odamlarga qarata avtomatlardan o‘t ochdi va konsert zaliga o‘t qo‘ydi. Hujum oqibatida 145 kishi halok bo‘ldi, 550 nafardan ortig‘i jarohatlandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
Mavzuga oid

12:30 / 15.04.2025
Eron tashqi ishlar vaziri Arag‘chi Moskvaga tashrif buyuradi

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:55 / 12.04.2025
Moskvadagi hammomda qirg‘izistonlik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildi

17:26 / 04.04.2025