Parijda O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi - foto
Shavkat Mirziyoyevni Parijdagi Faxriylar uyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron kutib oldi.

Bugun, 12 mart kuni Parijdagi Faxriylar uyida Fransiyaga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston yetakchisini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron kutib oldi.
Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi, quruqlik qo‘shinlari, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari xizmatchilaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi.
Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Gvardiyachilar O‘zbekiston prezidenti oldidan tantanali yurib o‘tdi.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi va rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.
So‘ng Shavkat Mirziyoyev otliq gvardiyachilar va mototsiklchilar hamrohligida oliy darajada muzokara o‘tkazish uchun Fransiya prezidentining qarorgohi — Yelisey saroyiga yo‘l oldi.
Mavzuga oid

22:10
Bloomberg: Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin

13:23
Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi

08:05
Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi

19:22 / 21.04.2025