YHXBB Ramazon oyi munosabati bilan fuqarolarga murojaat qildi
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tirbandliklarning oldini olish maqsadida fuqarolarga murojaat bilan chiqib, ulardan yaqin hududlardagi masjidlarga piyoda kelishni so‘radi.
YHXBB murojaatida aytilishicha, hozirgi kunda butun O‘zbekiston bo‘ylab YPX xodimlari tarovih namozi o‘qilayotgan paytda masjidlar atrofida yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlamoqda.
“Hurmatli yurtdoshlar! Ramazon oyi munosabati bilan yo‘llarda tirbandliklar vujudga kelishining oldini olish, masjidlarga ibodatga keluvchilarga noqulayliklar keltirib chiqarmaslik uchun yaqin hududlardagi masjidlarga imkon qadar piyoda kelishingizni, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni YPX xodimlarining yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash jarayonida qo‘yadigan talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. Milliy qadriyatlarimiz, ko‘p ming yillik an’analarimizni hurmat qilgan holda yo‘llarda xushmuomala bo‘laylik. Bir-birimizni avaylaylik. Muqaddas Ramazon oyi barchangizga muborak bo‘lsin”, deyiladi murojaatda.
Mavzuga oid

16:23 / 29.03.2025
«Ramazon oyi necha kun bo‘lsa, shuncha kun ro‘za tutiladi» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi

12:10 / 15.03.2025
“Yilda faqat 1 oy bo‘ladi” - Marg‘ilonning Ramazon bozori haqida

09:13 / 11.03.2024
Ro‘za tutganlarga to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq muhim tavsiyalar

21:35 / 10.03.2024