Makron: Yevropa Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor
Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash uchun AQShning kuchli ishtiroki zarur, dedi Fransiya prezidenti. U respublikachi Oq uyga qaytganidan keyin Trampning oldiga kelgan birinchi Yevropa yetakchisi bo‘ldi.

Foto: Chip Somodevilla / Getty Images
Yevropa Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini, jumladan, mamlakatga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 24 fevral, dushanba kuni Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Ukrainadagi urushni tugatish yo‘llari muhokama qilingan muzokaradan so‘ng aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, sulhni ta’minlash uchun AQShning «kuchli» ishtiroki zarur, dedi Makron. Bundan tashqari, uch yildan beri davom etayotgan keng ko‘lamli urushni tugatish uchun muzokaralarda Ukraina hukumatining ishtiroki zarur, deya qo‘shimcha qildi u. Makron, shuningdek, maqsadi Ukrainada mustahkam tinchlik o‘rnatish ekanini ta’kidladi.
Tramp: Putin Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga rozi
O‘z navbatida, Tramp AQSh ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish uchun xavfsizlik chorasi sifatida Ukrainaga Yevropa tinchlikparvar qo‘shinlarini yuborish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u bu g‘oyani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilgan. U go‘yo bunday variantni qabul qilishini aytgan, deya qo‘shimcha qildi Amerika prezidenti.
Shu bilan birga, Tramp yaqin haftalarda Ukrainadagi urush ehtimoliy yakunlanishini ma’lum qildi. «O‘ylaymanki, biz bir necha hafta ichida bu ishni tugatishimiz mumkin. Agar biz aqlli bo‘lsak. Agar aqlli bo‘lmasak, bu davom etadi va biz o‘lmasligi kerak bo‘lgan yosh, go‘zal insonlarni yo‘qotishda davom etamiz. Va biz buni xohlamaymiz», dedi AQSh prezidenti. «Ukraina bosib olgan hududlarini berishi kerakmi?» degan savolga u: «Ko‘ramiz», deb javob berdi.
Mavzuga oid

08:57 / 15.04.2025
YeI siyosatchilari Mersning Kiyev uchun TAURUS haqidagi so‘zlarini olqishladi

09:50 / 14.04.2025
Mers Kiyevga TAURUS yetkazib berilishini qo‘llab-quvvatladi

10:33 / 12.04.2025
Rossiya Kiyev va Xarkivga dronlar bilan zarba berdi, jabrlanganlar bor

13:32 / 05.04.2025