Chernobil AES qobig‘idagi yong‘in o‘chog‘i 8 kundan beri o‘chirilmayapti
Ukraina texnogen avariyada Rossiyani ayblab, AES qobig‘iga dron bilan zarba berilganini ta’kidlamoqda. Rossiya ayblovni rad etib kelyapti.

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati
Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar Chernobil AES qobig‘idagi yong‘inni 8 kundan beri o‘chirolmayapti. 14 fevral kuni boshlangan yong‘in oqibatlari bartaraf etilmayapti.
Ukraina texnogen avariyada Rossiyani ayblab, AES qobig‘iga dron bilan zarba berilganini ta’kidlamoqda. Rossiya ayblovni rad etib kelyapti.
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabariga ko‘ra, AES hududidagi vaziyat nazorat ostida.
«22 fevral holatiga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar tomonidan boshpana inshootlarini qisman ochish va qobiqning shimoliy tomonida yonayotgan bitta manbani bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Termokamerali dronlar hamda qo‘l teplovizatorlari yordamida doimiy monitoring olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Shuningdek, ular Chernobil AES sanoat maydonchasidagi radiatsiya darajasi me’yorda ekanini, tinch aholi uchun hech qanday xavf yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
14 fevralga o‘tar kechasi Chernobil AES himoya qobig‘i shikkastlangani ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik shikastlangan joyni XAEA vakillari tekshirib ko‘rdi va radiatsiya darajasi o‘sishi qayd etilmaganini ma’lum qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya droni 85 metr balandlikda uchganini, bunda radarlar uni kuzata olmasligini ta’kidladi. Ukraina prezidenti dron zarbasini nazarda tutib, buni «Putinning salomi» deb atadi. Rossiya rasmiylari bu ayblovni rad etdi.
Mavzuga oid

07:32
Rossiya tashqi razvedka xizmati va MRB muloqotni davom ettirishga kelishib oldi

21:14 / 29.06.2025
«Otaxon» Tramp uchun sammit. NATO davlatlari nimaga kelishib oldi va bu Ukraina uchun nimani anglatadi?

20:09 / 29.06.2025
Zelenskiy Ukrainaning Ottava konvensiyasidan chiqishni ma’qulladi

16:21 / 29.06.2025