Shavkat Mirziyoyev Kuvayt valiahdi bilan uchrashdi
Agrosanoat majmui, transport va logistika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, farmatsevtika, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 fevral kuni Al-Kuvayt shahriga tashrif doirasida ushbu mamlakat valiahdi Shayx Saboh as-Saboh bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi do‘stlik va keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Suhbat avvalida davlat rahbari valiahdga samimiy qabul va alohida e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi tarixiy muzokaralar, hukumat a’zolari va yetakchi kompaniyalar bilan sermahsul uchrashuvlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Kuvayt munosabatlarini kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘lishi ta’kidlandi.
Oliy va yuqori darajada yaqin muloqot va almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olindi. Investitsiyalarni jalb qilish uchun platformani tez fursatda ishga tushirish, agrosanoat majmui, transport va logistika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, farmatsevtika, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.
"Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqoti doirasidagi tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qabul qilingan barcha qaror va kelishuvlar ijrosi ustidan birgalikda nazorat o‘rnatish masalasi kelishib olindi.
Mavzuga oid

20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi

16:32 / 18.04.2025
Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi

15:33 / 18.04.2025
«Ayrim rahbarlar tadbirkorlarga yordam berish o‘rniga, ularga to‘siq bo‘lmoqda» – prezident

14:44 / 18.04.2025