OpenAI ChatGPT’dagi senzurani yumshatdi
Endi ChatGPT ilgari “taqiqlangan” savollar va bahsli mavzularni ham muhokama qiladi.

Foto: Thomas Trutschel/Photothek via Getty Images
OpenAI sun’iy intellekt modellarini o‘qitish siyosatiga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu munozarali mavzularga yanada xolis yondashuvni ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. Endi ChatGPT ilgari “taqiqlangan” savollarni ham muhokama qila oladi, deb yozmoqda TechCrunch.
Sun’iy intellekt modellarini o‘qitishning asosiy tamoyillarini belgilovchi Model Spec hujjati yangilandi. OpenAI vakillari ta’kidlashicha, asosiy o‘zgarish murakkab va bahsli mavzularni muhokama qilishda ko‘proq intellektual erkinlikka intilishdan iborat.
Ilgari sun’iy intellekt bahsli savollarga javob berishdan bosh tortardi yoki “ijtimoiy maqbul pozitsiya”ni taklif etardi. Endi esa chat-bot turli xil nuqtayi nazarlarni ilgari suradi.
OpenAI’dagilarning fikricha, sun’iy intellekt foydalanuvchilarga nomaqbul tuyulishi mumkin bo‘lgan masalalarda ham betaraf qolishi kerak.
Shu bilan birga, muayyan cheklovlar saqlanib qolmoqda: ChatGPT yolg‘on ma’lumotlarni qo‘llab-quvvatlashdan yoki nojo‘ya savollarga javob berishdan bosh tortadi (masalan, pornografik mazmundagi matnlarni yaratish).
OpenAI’dagi o‘zgarishlar avvalroq kompaniyani senzura uchun tanqid qilgan Donald Tramp ma’muriyati bilan munosabatlarni yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda, deb baholadi ekspertlar. Mojarolardan biri ChatGPT Trampning saylov kampaniyasini qo‘llab-quvvatlovchi she’r yozishni rad etgani, ammo Jo Bayden uchun bunday she’rni yozib bergani sababli yuzaga kelgandi.
Mavzuga oid

00:30 / 16.04.2025
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda

21:36 / 15.04.2025
SCMP: Xitoyda sun’iy intellekt sohasidagi bir nechta yetakchi olimlar to‘satdan vafot etdi

20:54 / 15.04.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt haqida qonun qabul qilinmoqda. Unda nima yozilgan?

18:53 / 15.04.2025