Pokistonning yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga qaytmoqda
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Tabani Corp kompaniyasi rahbari Abdul Rauf Tabani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda sanoat, savdo, IT va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, mamlakatimizda tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar yengil sanoat yo‘nalishida hamkorlik qilish, to‘qimachilik yo‘nalishida qo‘shma investitsion loyihani amalga oshirish, ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologik yechimlarni olib kirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Pokiston vakili, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasini raqamlashtirish va biznesga zamonaviy IT ishlanmalarni joriy etish yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalarda ham ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.
Biznes uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish, hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish va qo‘shma loyihalarni kelishish maqsadida Tabani Corp kompaniyasi rahbari boshchiligida delegatsiyaning O‘zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish masalasi tomonlar ish jadvaliga kiritildi.
Mavzuga oid

16:53 / 16.04.2025
O‘zbekistondagi shaharga Bobur nomining berilishi Pokistonda olqishlandi

14:30 / 09.04.2025
O‘zbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazadi

07:57 / 02.04.2025
Rossiyaga Pokistondan migrantlar olib kirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

11:18 / 01.04.2025