Surxondaryoda “Damas” urib yuborgan 1-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi
Mashina 8 yoshli bola ko‘chani kesib o‘tayotganda urib yuborgan va u o‘sha kuni shifoxonada vafot etgan.

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida “Damas” urib yuborgan 8 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2025 yil 23 yanvar kuni sodir bo‘lgan. M-41 avtomobil yo‘lining Termiz tumani hududidan o‘tgan qismida Termiz-Sho‘rchi yo‘nalishida harakatlanayotgan “Damas” mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib yuborgan.
Oqibatda Termiz tumanidagi 17-maktabning 1-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola og‘ir tan jarohatlari olgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuz bergan mahallada YPX mutasaddilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan va unda haydovchilar ham ota-onalar hushyorlikka chaqirilgan.
Mavzuga oid

21:44 / 17.04.2025
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?

08:20 / 17.04.2025
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

18:20 / 11.04.2025