Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp husiychilarni «terrorchi tashkilotlar» ro‘yxatiga qaytardi
AQSh prezidenti Eron mintaqada «terrorchilik faoliyatini» kengaytirayotganini va bu maqsadda husiychilardan foydalanayotganini da’vo qildi.

Foto: EPA
AQSh prezidenti Donald Tramp Yamanning «Ansorulloh» (husiychilar) harakatini yana «xorijiy terrorchi tashkilotlar» ro‘yxatiga kiritdi.
Tramp Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiychilarni ro‘yxatga qaytaruvchi farmonni imzoladi. U o‘z bayonotida 2021 yildagi prezidentlik muddatining so‘nggi kunlarida guruhni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritganini, ammo Bayden ma’muriyati hokimiyatga kelganidan bir necha oy o‘tgach, husiychilarni ro‘yxatdan olib tashlaganini esladi.
Tramp Eron mintaqada «terrorchilik faoliyatini» kengaytirayotganini va bu maqsadlarda «Ansorulloh»dan foydalanayotganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, guruh Qizil dengizdagi kemalarga qilingan hujumlar tufayli xavf tug‘diradi va bu uning terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga qaytishiga sabab bo‘lgan.
2021 yil 16 fevralda AQSh sobiq davlat kotibi Entoni Blinken «Ansorulloh» harakati terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarilganini e’lon qildi. Bu qaror Yamandagi gumanitar vaziyat yomonlashgani bilan izohlangan edi.
Mavzuga oid

11:47
Netanyahu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi

11:31
Tramp Ukrainaga mudofaa uchun qo‘shimcha qurol yuborishga va’da berdi

09:05
AQSh savdo urushining yangi bosqichi: Tramp Yaponiya, Koreya va Qozog‘istonga 25% boj soldi

08:03