Qirg‘izistonda simob sotishga uringan o‘zbekistonlik ushlandi
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, xavfli modda O‘zbekistondan noqonuniy ravishda Qirg‘izistonga olib kirilgan.

Foto: Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi
18 yanvar kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolaridan iborat transmilliy jinoiy guruhni 0,5 kilogramm simobni sotishga uringan vaqtda qo‘lga oldi. Hibsga olish O‘sh shahri kafelaridan birida sodir bo‘lgan, deb xabar berdi 24.kg.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, xavfli modda O‘zbekistondan noqonuniy ravishda Qirg‘izistonga olib kirilgan. Kontrabandachilar simobning bir grammini 4 ming dollarga baholagan.
Qo‘lga olinganlar orasida O‘zbekistonning bir nafar fuqarosi va Qirg‘izistonning uch nafar fuqarosi bor. Ularning barchasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov hibsxonasiga joylashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 292-moddasi («Kuchli ta’sir etuvchi yoki zaharli moddalarni sotish maqsadida qonunga xilof ravishda o‘tkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoiy guruh faoliyatiga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov-tezkor tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025