O‘zbekiston va Gurjiston hamkorlik rejalarini muhokama qildi
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Gurjiston muvaqqat ishlar vakili yangi yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejalarini muhokama qildi.

Foto: TIV
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Gurjistonning mamlakatdagi muvaqqat ishlar vakili David Kotariyani qabul qildi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, yig‘ilishda 2024 yilda amalga oshirilgan hamkorlikdagi ishlar yakunlari sarhisob qilinib, joriy yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi. O‘zbekiston-Gurjiston munosabatlarini izchil mustahkamlash va ularni amaliy mazmun bilan to‘ldirishga intilish tasdiqlandi.
Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi barcha dolzarb masalalar, xususan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid

11:39 / 18.04.2025
Gurjiston chet elliklarni chiqarib yuborish tartibini soddalashtiradi

16:13 / 17.03.2025
Saakashvili yana 4,5 yillik qamoq jazosini oldi

12:30 / 12.03.2025
Saakashviliga 9 yil qamoq jazosi berildi

16:59 / 06.03.2025