Rossiya hududlarining yarmidan ko‘pi migrantlar mehnatini cheklab qo‘ydi
Eng ko‘p cheklov Krasnodar o‘lkasida, eng ko‘p taqiq taksi va jamoat transporti sohalarida qayd etildi.

Foto: TASS
2024 yilda Rossiyaning 47 ta hududida migrantlarni ishga joylashtirishga taqiq va cheklovlar joriy etildi, deb xabar berdi «Vyorstka».
Eng ko‘p cheklov Krasnodar o‘lkasida joriy etilgan — chet elliklarga 99 ta sohada ishlash taqiqlangan. Ikkinchi o‘rinda Tver oblasti (82), eng kam cheklovlar Voronej oblastida - 10 ta.
Chet elliklar uchun eng ko‘p taqiq taksi va jamoat transporti sohalarida - 47 ta hududda joriy etilgan. Savdo sohasida 39 ta hududda, uy-joy kommunal xo‘jaligida 14 tada va kuriyerlik sohasida 12 ta hududda cheklov amal qiladi.
19 ta hududda tibbiyot sohasida: shifoxonalar, dorixonalar va dori-darmonlar ishlab chiqarishda taqiqlar joriy etildi. Ta’lim sohasida – 27 ta, harbiy-sanoat kompleksi zavodlarida faqat 7 ta hududda taqiq joriy qilingan. Qurilishda - faqat ikkita mintaqada: Krasnodar o‘lkasi va Yamalo-Nenets avtonom okrugida.
Muayyan hududlarda ishga joylashish bo‘yicha cheklovlarda mintaqalar ba’zi istisnolarni kiritgan - asosan malakasiz ishchilar va farroshlar uchun. Ba’zan bu istisnolar juda keng bo‘lib, cheklovlar ma’nosiz bo‘lib qoladi.
40 ga yaqin mintaqalar bandlik bo‘yicha cheklovlarni joriy qilinmadi, jumladan, yirik iqtisodiyotga ega Moskva, Sankt-Peterburg, Tatariston, Boshqirdiston, Sverdlovsk oblasti.
2024 yil mart oyida Moskvaning «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi teraktdan keyin Rossiya rasmiylari migrantlarga qarshi keng ko‘lamli kampaniya boshladi. Davlat Dumasi deputatlari yangi qonunlar bilan, mintaqa rahbarlari yangi taqiqlar bilan migrantlarning mehnatini cheklay boshladi. Oqibatda, 2024 yilda Rossiyadan chiqib ketayotgan migrantlar oqimi ko‘paygani qayd etildi.
Mavzuga oid

10:36
Rossiya Barens dengizi to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqdi

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

22:04 / 18.04.2025
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi

21:05 / 18.04.2025