Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda davolanayotgan falastinlik bolalar bilan uchrashdi
Ularga sovg‘a-salomlar topshirdi, prezidentning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda davolanayotgan falastinlik bolalar bilan uchrashdi.
«Yangi yil arafasida yurtimizda davolanayotgan falastinlik bolalardan xabar oldim. Prezidentimizning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim. Shuncha qiyinchiliklarga qaramay, ular qalbida beg‘uborlik va mo‘jiza istagini saqlab qolgani chindan ham hayratlanarli. Umid qilamanki, e’tibor va mehr so‘zlari ularning ko‘nglida yorug‘ kelajakka ishonch uyg‘otadi. Ularga va jafokash Falastin xalqiga tinchlik va farovonlik tilaymiz», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Avvalroq, 100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan va reabilitatsiya markazlari bilan shifoxonalarga joylashtirilgan edi.
Mavzuga oid

23:47 / 18.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi

21:48 / 15.04.2025
«Kurash hech qachon tugamaydi». Saida Mirziyoyeva oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonunga kiritilgan o‘zgartirishni olqishladi

12:10 / 15.04.2025
Yevroittifoq falastinliklarga yordam uchun 1,6 mlrd yevro ajratdi

16:21 / 12.04.2025