O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
O‘zbekistonning doimiy aholisi 2024 yilning 9 dekabr holatiga 37 mln 535 ming 605 kishini tashkil etdi.

Foto: Kun.uz
Statistika agentligi xabar berishicha, shundan ayollar soni — 18,6 mln kishi, erkaklar soni — 18,9 mln kishi.
22 aprel kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 million kishiga yetgandi.
Avvalroq O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri kelishi aytilgandi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 83,2 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelgan.
Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘rtacha 1,7 kishiga ortgan (2023 yil 1 oktyabr holatiga 1 kv kmga 81,5 kishi to‘g‘ri kelgan).
Mavzuga oid

19:31 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?

14:48 / 14.04.2025
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga oshayotgani aytildi

13:34 / 11.04.2025
O‘zbekistonda doimiy aholining necha foizi mehnatga layoqatli?

15:29 / 05.04.2025