28 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
Samarqandda oilaviy korxonaga qarashli bino yon qismida joylashgan yerto‘lada 89 ta mayning qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelingan.

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida “M.G.M.” oilaviy korxonasiga qarashli binoning yon qismida joylashgan yerto‘lada quvvati 244,4 kVtni tashkil etgan 89 ta mayning qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelingan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida 28 mlrd 896 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

11:56 / 16.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

08:24 / 26.03.2025