O‘rta Chirchiqda 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
Ijtimoiy tarmoqlarda 9-sinf o‘quvchisini bir nechta bolalar kaltaklagani haqida video va fotolar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan izoh berdi.

Foto: Videodan kadr
Ma’lum qilinishicha, 19 noyabr kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 50-maktabning 9-sinf o‘quvchisi A.S. (o‘g‘il bola) jismoniy tarbiya darsi mashg‘ulotida sinfdoshi A.E. bilan ziddiyat kelib chiqqan. Oqibatda bola A.E. va boshqa o‘quvchilar tomonidan kaltaklangan.
Natijada bola tanasining turli joylariga jarohat yetgan, burun qismi shikastlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
A.S.ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Mavzuga oid

07:40 / 16.04.2025
Namanganda 4-sinf o‘quvchisi Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi

16:51 / 02.04.2025
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?

19:54 / 24.03.2025
Toshkent viloyatida YTHga uchragan Nexia-2 yonib ketdi

16:08 / 04.03.2025