O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan xorijliklar soni ma’lum qilindi
O‘zbekistonga davolanish uchun eng ko‘p Tojikiston fuqarolari kelgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida 81,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 36,3 ming nafarga yoki 80,2 foizga oshgan.
O‘tgan 9 oyda O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan xorijliklar mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- Tojikiston — 62 347 nafar;
- Qozog‘iston — 9 537 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi — 7 481 nafar;
- Rossiya — 1 424 nafar;
- Turkmaniston — 727 nafar;
- Turkiya — 29 nafar;
- Afg‘oniston — 23 nafar;
- Ukraina — 16 nafar;
- Ozarboyjon — 12 nafar;
- AQSh — 12 nafar;
- Boshqa davlatlar — 60 nafar.
Mavzuga oid

19:32 / 19.04.2025
Toshkent metrosi kuniga o‘rtacha 780 ming yo‘lovchi tashiyapti

19:31 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?

14:48 / 14.04.2025
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga oshayotgani aytildi

15:29 / 05.04.2025