Taxtiqoracha dovonida tosh bosib qolganlarning ikki nafari vengriyalik bo‘lgan
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi marhumlarning oilasiga hamdarlik bildirdi.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Qashqadaryo viloyati, Taxtiqoracha dovonida tosh bosishi oqibatida Cobalt avtomobili ichida halok bo‘lganlarning ikki nafari vengriyalik ekani tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Qashqadaryo viloyatining «Kitob-Samarqand» yo‘lida tosh qulab tushishi oqibatida Vengriyaning ikki nafar fuqarosi fojiali halok bo‘lgan.
«Vafot etganlarning yaqinlariga va oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Ushbu baxtsiz hodisa, afsuski, dunyoning istalgan nuqtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofat natijasida ro‘y berdi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston barcha tafsilotlarni aniqlash uchun sinchkovlik bilan tergov o‘tkazmoqda. Shuningdek, halok bo‘lganlarning jasadini vataniga tez orada qaytarishda to‘liq yordam berishga tayyor.
6 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan Taxtiqoracha dovoni yo‘lida Cobalt rusumli avtomobilni yirik hajmdagi tosh bosib qolgan, oqibatda 3 odam halok bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

13:03 / 16.04.2025
AQSh Vengriya bosh vaziri apparati rahbariga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

13:52 / 15.04.2025
Vengriya Sirdaryoda 8 ta parrandachilik fabrikasini quradi

15:22 / 14.04.2025
Orbanning raqibi Ukrainaning YeIga a’zoligi bo‘yicha referendum o‘tkazishni va’da qildi

16:59 / 05.04.2025