Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi traktor tirkamasi bilan to‘qnashdi
Avtobus yo‘lning belgilangan qismidan qayrilib olayotgan traktor tirkasiga borib urilgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Samarqand viloyatida yo‘lovchi avtobusi va traktor ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 30 oktyabr kuni soat 21:00 larda ro‘y bergan.
M-37 xalqaro avtomobil yo‘lining Narpay tumanidan o‘tuvchi qismida harakatlanayotgan YUTONG rusumli avtobus yo‘lning belgilangan qismidan qayrilib olayotgan TTZ traktorining tirkamasiga kelib urilgan. Oqibatda avtobus yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Narpay tumani IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish davomida oraliq masofani saqlagan holda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

21:19 / 07.08.2025
Samarqandda ham o‘qituvchilar maktab ta’mirlashga jalb etildi

14:19 / 07.08.2025
Nukus ko‘chasida 4 ta avtomashina ishtirokida YTH yuz berdi

16:26 / 05.08.2025
“Jarimani to‘lashga rozimiz, ammo akt yo‘q” – Samarqandda YHXB haydovchilarni sarson qilyapti

11:44 / 05.08.2025