Eldor Shomurodov «Roma» bilan yangi shartnoma imzolaydi – Romano
Italiyaning «Roma» klubi o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov bilan kelishuvni uzaytiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano «tvitter»dagi sahifasida xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Rim klubi bilan 2027 yilgacha bo‘lgan yangi shartnoma imzolaydi.
«Tomonlar kelishuvga yaqin. Klub direktori Gisolfi shartnoma shartlari masalasida futbolchining vakillari bilan muzokara olib bormoqda», - deyiladi insayder Fabritsio Romanoning xabarida.
Ma’lumot uchun, Shomurodovning amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar davom etadi.
Avvalroq, Italiya nashrlari Eldorning Rim klubidagi yillik maoshi 2 million yevroni tashkil etishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari

16:41 / 02.05.2025
Eldor Shomurodov – yana bir bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi

11:37 / 28.04.2025
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari

09:50 / 20.04.2025