Qirg‘izistonda kriminal avtoritet Salim Abduvaliyev tarafdori hibsga olindi
Qizil-Qiya shahrida yashovchi 1956 yilda tug‘ilgan M.M. o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyevga hurmat-ehtirom ko‘rsatgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi «Salimboyvachcha» nomi bilan tanilgan, uyushgan jinoiy guruh rahbari Salim Abduvaliyev tarafdori hibsga olinganini ma’lum qildi.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, departament tomonidan qidiruvga berilgan Abduvaliyevning jinoiy faoliyatiga aloqador bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarosi, Qizil-Qiya shahrida yashovchi 1956 yilda tug‘ilgan M.M. qo‘lga olingan.
«Qo‘lga olingan shaxs Salim Abduvaliyevga hurmat-ehtirom ko‘rsatgan, shuningdek, ilgari Toshkent shahrida ushlangan Z.E.T. (1978 y.t.) bilan birga suratga tushgani aniqlangan», deyiladi xabarda.
Tergov tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston uyushgan jinoiy guruh rahbari bilan uchrashgan holatlarni aniqlash maqsadida qo‘lga olingan shaxs Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga olib borildi. U yerda o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida M.M. jinoiy mafkuradan voz kechdi, deb ta’kidladi qo‘mita.
Mavzuga oid

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

20:30 / 17.04.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidentiga sud hukmi o‘qildi

18:56 / 17.04.2025
Rossiya TIV Moskvada Qirg‘iziston fuqarolari tahqirlanganiga izoh berdi

13:40 / 16.04.2025