Toshkent aeroportida pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Rossiyadan uchib kelgan xorijlik tegishli ruxsatnomalarsiz pnevmatik qurolni olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Foto: Bojxona qo‘mitasi
21 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan «Sankt-Peterburg-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan xorij fuqarosiga tegishli bo‘lgan sumka bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning ichida pnevmatik qurol borligi aniqlangan.
«Yuklar ichidan bojxona nazorati uchun belgilangan tartibda taqdim etilmagan va ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona pnevmatik qurol va 290 dona shariklar (zoldir) borligi aniqlandi», deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi

22:54 / 13.04.2025