Isroil armiyasi 24 soat ichida G‘azoda 25 falastinlikni o‘ldirdi
2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida halok bo‘lgan tinch aholi soni 40 ming 99 nafarga yetdi.

Foto: Anadolu Agency
Isroil armiyasining G‘azo sektorida oxirgi 24 soat ichida uyushtirgan hujumlarida 25 kishi halok bo‘ldi, 72 kishi tan jarohati oldi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligidan berilgan bayonotda, Isroilning G‘azo sektorida 317 kundan beri uyushtirgan hujumlari haqidagi ma’lumotlar keltirildi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra, Isroil armiyasining G‘azo sektorida o‘tgan 24 soat ichida sodir etgan ikki hujumida halok bo‘lgan 25 kishining jasadlari shifoxonalarga kelib tushgan.
2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida halok bo‘lgan tinch aholi soni 40 ming 99 nafarga, yaralanganlar soni esa 92 609 nafarga yetdi.
Mavzuga oid

09:27
Eron va Isroil zarbalar almashishda davom etmoqda

07:12
Eronda Isroil hujumlari qurbonlari soni 224 nafarga yetdi - Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi

07:06
Erondagi Fordo yadroviy markazi yaqinida zilzila kuzatilgan

06:56