Samarqandda Matiz mashinasi yonib ketdi
Mashina harakatlanib ketayotganida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan va oqibatda yong‘in kelib chiqqan.

Foto: Viloyat ekologiya boshqarmasi
Samarqand tumanida Matiz mashinasi yonib ketgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha hodisa bugun 2024 yil 12 iyul kuni soat 16:28 larda sodir bo‘lgan.
Samarqand tumani «Yangiariq» MFY hududidagi ko‘chada harakatlanib ketayotgan Matiz mashinasida qisqa tutashuv tufayli yong‘in kelib chiqqan. Ko‘p o‘tmay olov “Ikromjon Agro-Star” fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan yer maydoniga o‘tgan.
Oqibatda Matiz mashinasi yonib ketgan. Shuningdek fermer xo‘jaligidagi 30 sotix yerda somon qoldiqlari yongan.
Yong‘in haqida viloyat FVBga xabar berilgan. Ikkita yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi darhol hodisa joyiga yetib borib olovni o‘chirgan va yong‘in atrofga tarqab ketishining oldi olingan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

15:58 / 18.04.2025
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi

19:12 / 17.04.2025
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi

01:32 / 16.04.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

08:12 / 14.04.2025