Samarqand viloyatining ikkita tumanida IIB boshliqlari o‘zgardi
Past Darg‘om tuman IIB boshlig‘i Urgut tumaniga, Urgut tumani IIB boshlig‘i Past Darg‘om tumaniga boshliq qilib tayinlangan.

Samarqand viloyati Urgut va Past Darg‘om tumanlarida IIB boshliqlari o‘zgardi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ma’ruf Qo‘ziyev Urgut tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha u Past Darg‘om tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shu paytgacha Urgut tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Zohid Mamadoliyev Past Darg‘om tumani IIB boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov har ikki tumanda bo‘lib, yangi tayinlangan IIB boshliqlarini shaxsiy tarkibga tanishtirgan.
Mavzuga oid

16:39 / 23.06.2025
Saida Mirziyoyeva BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi

12:50 / 23.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o‘z ishini boshladi

19:04 / 21.06.2025
«Aeroflot» Moskvadan Samarqandga muntazam parvozlarni tiklaydi

11:40 / 20.06.2025