O‘zbekiston bolalar to‘yib ovqatlanmaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi
Bolalarning oziq-ovqat xavfsizligi ovqatlanish ratsioni ko‘rsatkichi bilan aniqlanadi. U YUNISEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan.

Foto: Kun.uz
YUNISEF tashkiloti yosh bolalarning yetarli miqdorda ovqatlanmasligi bilan bog‘liq masalalar tahliliga bag‘ishlangan hisobotini (.pdf) e’lon qildi. Bunday muammoga ega mamlakatlar 63 ta bo‘lib, ularning qatorida O‘zbekiston ham bor.
Bolalarning oziq-ovqat xavfsizligi ovqatlanish ratsioni ko‘rsatkichi bilan aniqlanadi. U YUNISEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan ishlab chiqilgan. Sog‘lom o‘sish va rivojlanish uchun bolalar 8 ta guruhga kiruvchi mahsulotlarning kamida 5 tasini iste’mol qilishi lozim:
1. Ko‘krak suti;
2. Don mahsulotlari, ildiz mevalilar, rezavorlar, tropik mevalar;
3. Dukkaklilar, yong‘oq va urug‘lar;
4. Sut mahsulotlari;
5. Go‘sht mahsulotlari (jumladan, parranda va baliq);
6. Tuxum;
7. A vitaminiga boy meva va sabzavotlar;
8. Boshqa meva va sabzavotlar.
Agar bolalar:
- 2 ta guruhga kiruvchi mahsulotlarni iste’mol qilsa, ular ovqatlanish bilan bog‘liq o‘ta qashshoq ahvolda yashaydi;
- 3-4 ta guruhga kiruvchi mahsulotlarni iste’mol qilsa, ular ovqatlanish bilan bog‘liq mo‘’tadil ahvolda yashaydi;
- 5 va undan ortiq guruhga kiruvchi mahsulotlarni iste’mol qilsa, ular ovqatlanish bilan bog‘liq qashshoq ahvolga tushmagan hisoblanadi.
YUNISEF ro‘yxatiga 63 ta davlat kiritilgan bo‘lib, Somali, Gvineya, Afg‘oniston, Efiopiya, Hindiston, Pokiston, Senegal, Tojikiston kabi mamlakatlar yuqori o‘rinlarda qayd etilgan.
O‘zbekiston bolalarning to‘yib ovqatlanmaslik darajasi o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu guruhda Armaniston, Qirg‘iziston, Misr va Xitoy kabi mamlakatlar bor.
To‘yib ovqatlanmaslik darajasi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga Belarus, Serbiya, Kosta-Rika, Peru, Turkmaniston va boshqalar kiritilgan.
Tadqiqotchilarning qayd qilishicha, bolalarning ovqatlanish bilan bog‘liq qashshoq ahvolga tushib qolishining 3 ta asosiy sababi bor: noqulay oziq-ovqat muhiti, noto‘g‘ri ovqatlanish amaliyoti va oila daromadining pastligi.
Mavzuga oid

15:14 / 04.06.2025
2024 yil mojaro hududlarida yashayotgan bolalar uchun «tarixdagi eng og‘ir yillardan biri» bo‘ldi

15:10 / 01.06.2025
Saida Mirziyoyeva Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

18:46 / 31.05.2025
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi

18:30 / 27.05.2025