Jizzaxda 17 yoshli yigit attraksiondan tushib ketdi
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Jizzax shahrida joylashgan istirohat bog‘idagi attraksiondan tushib ketgan yigit yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahrida joylashgan O‘rda istirohat bog‘ida baxtsiz hodisa yuz bergani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Jizzax viloyat FVB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyun kuni soat 20:00 larda Paxtakor tumanida yashovchi, 2007 yilda tug‘ilgan fuqaro M.O‘. oila a’zolari bilan birgalikda Jizzax shahrida joylashgan O‘rda ekologik istirohat bog‘iga aylanish uchun kelgan.
U attraksionda uchish vaqtida operatorlarning ogohlantirishlariga qaramasdan o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida, ya’ni attraksion to‘liq to‘xtamasdan oldin himoya kamarini yechib yuborishi natijasida yiqilgan.
Xabarda aytilishicha, yigit hech qanday tan jarohati olmagan va mazkur holat sodir bo‘lgan vaqtda attraksionda nosozliklar bo‘lmagan.
Mavzuga oid

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

20:05 / 09.04.2025
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi

12:04 / 28.03.2025