Samarqanddan Toshkentga qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdlari yo‘lga qo‘yildi
27 va 28 may kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» elektropoyezdi qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Kun.uz
2024 yilning 27, 28 may kunlari 775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabariga ko‘ra, poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 775-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;
- 776-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
Avvalroq 31 may, 1−2 iyun kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» poyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid

16:44 / 04.06.2025
Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

00:17 / 04.06.2025
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

17:32 / 31.05.2025
Samarqandda avtomobillarda drift qilgan xorijliklar uzr so‘radi

13:55 / 29.05.2025