Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qamchiq» dovonida transport vositalarining harakati cheklanmaydi
26-27 may kunlarida «Qamchiq» dovonida harakat cheklanishi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz.

Foto: YHXX
26-27 may kunlarida Toshkent shahriga transport vositalarining kirishi taqiqlanishi va tungi vaqtda «Qamchiq» dovonida harakat cheklanishi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 26-27 may kunlarida Toshkentda xalqaro darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tishi va ayrim yo‘llarda ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli ba’zi ko‘chalarda transport vositalarining harakati qisman cheklanishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahriga transport vositalarining harakatlanib kirishiga hech qanday cheklovlar yo‘q.
Avvalroq, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati zarurat bo‘lmaganda haydovchilarga Toshkent shahriga qarab harakatlanmaslikni tavsiya qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26–27 may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Mavzuga oid

15:21
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti

10:44
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:22 / 01.08.2025