3 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan fermer qamoqqa olindi
U parrandachilik fermasini tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagani aniqlangan.

Foto: Bosh prokuratura
Xorazm viloyati, Urganch tumanida 3 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi tabiiy gazni o‘g‘irlagan fermer qamoqqa olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd qilinishicha, «M.» fermer xo‘jaligi rahbari A.E. parrandachilik fermasini tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 2 mln 249 ming kub.m. gazni o‘g‘irlagan. Oqibatda davlatga 3,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘irlik») 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Ta’kidlanishicha, prokuratura organlari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

20:42 / 17.04.2025
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi

23:57 / 16.04.2025
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi

12:35 / 25.03.2025
Xorazmda Turkiya sarmoyasi ishtirokida yangi loyihalar amalga oshiriladi

10:52 / 15.03.2025