6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
3–8 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo harorati o‘zgarishi sababli Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Gidrometeorologiya xizmati agentligi 3–8 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli ayrim hududlarda qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Shahrisabz, Qamashi tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Uzun, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo‘shrabot tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent tumanlarida (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida shunday hodisalar ro‘y berishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.
Bundan avvalroq «O‘zgidromet» 3 aprel kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid

13:39 / 14.04.2025
Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

18:30 / 13.04.2025
14 aprel kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

21:09 / 12.04.2025
Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

21:37 / 11.04.2025