Izboskan tumani hokimi ishdan olindi
2018 yildan beri Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Serobiddin Ismoilov ishdan olindi. Uning birinchi o‘rinbosari Hojiakbar Umarov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi.

Serobiddin Ismoilov
Kecha, 10 dekabr kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida prezident maslahatchisi o‘rinbosari hamda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligida sessiya bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada viloyat hokimi qaroriga asosan tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Serobiddin Ismoilovni vazifasidan ozod etish masalasi ko‘rib chiqildi. Deputatlar tomonidan tasdiqlangan holda, tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish ayni kungacha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hojiakbar Umarovga yuklatilgan.

Serobiddin Ismoilov Izboskan tumaniga 2018 yildan beri rahbarlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid

22:28 / 03.06.2025
Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir etildi

21:23 / 02.06.2025
Andijonda fuqaro zapravka hududida 2 ta bo‘ri boqib kelgani ma’lum bo‘ldi

19:03 / 28.05.2025
Andijonda YPX xodimlaridan qochgan Nexia-2 boshqa avtomobillar bilan to‘qnashdi

22:14 / 27.05.2025