“Manzil”: O‘zbekiston Shveytsariyasi – Zomin
Yurtimiz bo‘ylab sayohatlar chog‘ida ba’zan tabiat go‘zalliklarini ko‘rganda, rostdan ham O‘zbekistondamanmi deb o‘ylab qoladi odam. “Manzil” bu gal mana shunday tabiati betakror, ajoyib maskan – Zominga sayohat qildi. Bu sayohatimizda Ekologiya vazirligi tasarrufidagi Zomin milliy tabiat bog‘i va Zomin davlat qo‘riqxonasi bilan tanishtiramiz.

Ko‘pchiligimiz bilgan Zomin sanatoriysi Zomin milliy tabiat bog‘ida joylashgan. Bog‘ 1976 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning hududlari dengiz sathidan 1000-4030 metr balandlikkacha cho‘zilgan.
Bu yerning o‘ziga xosligi – archalar bilan qoplangan o‘rmonlaridir. Davolanishga keluvchilarning aksari – allergik va nafas yo‘llarida kasalligi bo‘lgan bemorlar. Havosining tozaligi, archazor o‘rmonlar, yangi qurilgan arqon yo‘li, sharshara, 700 yillik boboyong‘oq va o‘ziga xos tabiat manzaralari keluvchilarni o‘ziga rom etadi.
Zomin davlat qo‘riqxonasi esa o‘zining yovvoyi hayvonot olami Tyan Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, Turkiston silovsini, oq boshliqumoy, burgut, Sibir tog‘ echkisi, uzun tikanli tipratikan kabi jonivorlariga ega.
Qirqqiz qoyalari, Burgut cho‘qqisi, Chortangi darasi va Chortangi sharsharasi kabi joylarning manzarasini ta’riflab berish qiyin. Ko‘rsatuvni ko‘rib bunga amin bo‘lasiz.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

13:27 / 06.06.2025
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi

14:42 / 03.06.2025