Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘lovchi avtobus beton ustunga urildi
Mirobod tumanida yo‘lovchi avtobusi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida beton ustunga urildi. Uning old qismi va oynalariga shikast yetgan.

28 sentabr kuni Toshkent shahri Mirobod tumanida Saz-Le 60 rusumli avtobus beton ustunga urilib, YTH sodir etdi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Soat 13:20 da tumanning Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi avtobusda rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda avtomashina beton ustunga urilgan.
Avtobus oynasi singan, shuningdek, mashinaning old qismiga shikast yetgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohat olganlar yo‘qligi aytilgan.
Holat yuzasidan shahar YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:30 / 02.07.2025
Matbuotchilar ko‘chasidagi qurilish hududida yong‘in ro‘y berdi

15:04 / 29.06.2025
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

15:06 / 27.06.2025
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi

15:59 / 18.06.2025