Farhod Mannopovning vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga oshirildi
Bloger Farhod Mannopov (Mittivine) vafot etgani bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborildi. Tergov organi 2 kishiga nisbatan ayblov e’lon qildi.

Farhod Mannopov
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksning 116- (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 117- (Xavf ostida qoldirish) moddalari bilan ayb e’lon qilingan.
Taniqli bloger Farhod Mannopov 2023 yil 5 martga o‘tar kechasi 27 yoshida Star Med klinikasida vafot etgandi. Shundan keyin unda burun operatsiyasini amalga oshirgan Star Med klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgandi. Iyul oyiga kelib, shifoxonaning litsenziyasi sud tomonidan bekor qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Star Med klinikasida o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatgan anesteziolog va reanimatolog, plastik jarroh, laborant shifokor hamda ultratovush tekshiruvlari shifokorida malakaviy toifa bo‘lmagan.
Mavzuga oid

14:46 / 01.04.2025
“Yetim qolgan nevaralarim ko‘ziga qaray olmayapman” - Popda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etdi

13:40 / 28.03.2025
Qibrayda 1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi

13:13 / 25.03.2025
Sloveniya o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini ishga olmoqchi

20:07 / 18.03.2025