Samarqandda 49 kishi «hot-dog»dan zaharlandi
Ular yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan, 29 nafari sog‘ayib, uyiga javob berilgan.

Foto: STV
Samarqand shahrida 49 kishi umumiy ovqatlanish markazida tayyorlangan «hot-dog»dan zaharlanib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi. Jabrlanganlar orasida voyaga yetmagan bolalar ham bor.
Ularning barchasi Rudakiy ko‘chasida joylashgan fast-food markazida «hot-dog» iste’mol qilgan. Kechga yaqin ularda ovqatdan zaharlanish alomatlari paydo bo‘lgan: isitma, ich ketishi, qayt qilish.
Xabarga ko‘ra, bemorlarning 29 nafariga allaqachon uyiga javob berilgan. Qolgan 20 nafari muolajalarni olmoqda. Shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, ularning ahvoli yaxshi.
Hozirgi vaqtda umumiy ovqatlanish markazi faoliyati to‘xtatilgani aytilmoqda. «Hot-dog» uchun ishlatilgan mahsulot namunalari viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga yuborilgan.
Mavzuga oid

16:39 / 23.06.2025
Saida Mirziyoyeva BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi

12:50 / 23.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o‘z ishini boshladi

19:04 / 21.06.2025
«Aeroflot» Moskvadan Samarqandga muntazam parvozlarni tiklaydi

11:40 / 20.06.2025