O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish hajmi biroz oshdi
Iyun oyida 67,4 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan.

Foto: Fotolia
O‘zbekistonda 2023 yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 332,6 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, shakar ishlab chiqarish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,9 foizga oshgan.
O‘zbekistonda 2023 yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 67,4 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan.
Avvalroq 2023 yilning yanvar-iyun oylarida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti holati to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, olxo‘ri – 20,3 ming tonna, uzum (quritilgan) – 32,9 ming tonna va shaftoli – 25,6 ming tonna hajmi eksport qilingan.
Bundan tashqari, qovun va tarvuz – 90,6 ming tonna, gilos – 45 ming tonna, o‘rik – 57,4 ming tonna ko‘rsatkichda chetga sotilgan.
Mavzuga oid

13:53
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari

13:27 / 06.06.2025
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi

12:10 / 30.05.2025
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi ochiqlandi

19:53 / 28.05.2025