Motorola Razr 40 Ultra’ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi
Motorola kompaniyasi o‘zining yangi smartfoni Razr 40 Ultra’ni ommaga taqdim etishga tayyor. Xitoyda yangi smartfon taqdimoti 1 iyunga belgilangan.

Razr 40 Ultra buklanadigan smartfon bo‘lib, uning xususiyatlari, imkoniyatlari va narxi haqida hozircha rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Biroq insayderlarga ko‘ra, smartfon Snapdragon 8+ Gen1 chipida ishlaydi. Operativ xotira esa 12 gigabaytgacha bo‘ladi. Smartfon akkumulyatori sig‘imi 3640 mA-soatni tashkil etadi. Tezkor quvvatlash imkoniyati mavjud. Qora, kulrang va qizil rangda sotuvga chiqishi aytilmoqda.

Avvalroq Redmi’ning eng kuchli smartfoni iyulda tadim etilishi, Samsung esa 26 iyulda katta taqdimot o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi

12:38 / 11.03.2025
RBK: Rossiyada politsiya uchun smartfonlarni buzib kirish qiyinlashdi

16:22 / 05.03.2025