Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi qurilayotgan 25 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahrida yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Videodan kadr
Bugun, 26 aprel kuni soat 13:58 da Shayxontohur tumanidagi yangi qurilayotgan 25 qavatli binoning 1-qavatida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika soat 14:00 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:10 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilgan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid

14:26 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida yong‘in: 80 ga yaqin kishi halok bo‘lgan (video)

11:40 / 17.07.2025
Seul ko‘chasida avtomobil yonib ketdi

09:57 / 17.07.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

15:59 / 16.07.2025