Toshkent viloyatida bankomatni tunamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 12 fevral kuni bankomatni tunamoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, shahar hududiga tungi xizmatga jalb etilgan PPX xodimlari tomonidan «Oydin» mahallasidagi bankomatni 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Y. o‘tkir tig‘li jism bilan buzib, pullarni olishga uringanda daliliy ashyo bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Olmaliq shahri ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:03 / 04.06.2025
“Kilosini 20 ming so‘mdan sotardim” – eshak go‘shti sotib kelgan yigit iqrori

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

17:35 / 28.05.2025
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi

20:37 / 26.05.2025