Navoiy, Jizzax va Andijonda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti
Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, Navoiy va Jizzax viloyatlarida kuzatilayotgan kuchli shamol natijasida elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelmoqda.
Buning natijasida Jizzax viloyatining Forish, Zafarobod va Sh.Rashidov, Navoiy viloyatining Nurota, Tomdi va Uchquduq tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Shuningdek, Andijon viloyatining Marhamat, Buloqboshi va Asaka tumanlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida ushbu tumanlarning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida favqulodda uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani va tez fursat ichida ushbu hududlarning elektr ta’minoti to‘liq tiklanishi aytilgan.
Mavzuga oid

22:28 / 03.06.2025
Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir etildi

21:23 / 02.06.2025
Andijonda fuqaro zapravka hududida 2 ta bo‘ri boqib kelgani ma’lum bo‘ldi

19:03 / 28.05.2025
Andijonda YPX xodimlaridan qochgan Nexia-2 boshqa avtomobillar bilan to‘qnashdi

22:14 / 27.05.2025