O‘zbekistonning qator hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
«O‘zgidromet» kuchli yog‘ingarchilik hamda havo harorati sezilarli o‘zgarishi sababli Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.

Foto: FVV matbuot xizmati
Respublikaning tog‘li hududlarida 18–22 noyabr kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.
Qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan hududlar:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin tumani;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq tumani va Chotqol tizmasining Chimyon tog‘larida;
- Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida xavf haqida ogohlantirish berildi.
Mavzuga oid

13:39 / 14.04.2025
Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

18:30 / 13.04.2025
14 aprel kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

21:09 / 12.04.2025
Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

21:37 / 11.04.2025