Navoiyda yulduzlarni kuzatish xizmati bo‘lgan sayyohlik majmuasi qurilyapti
Viloyat markazidan qariyb 150 kilometr olisda, Qizilqum cho‘lida bunyod etilayotgan maskanda sayyohlar ot, tuya hamda kvadrosiklda sayr qilish imkoniga ham ega bo‘lishadi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Konimex tumanining Yangig‘azg‘on ovuli hududida qurilayotgan mazkur loyiha bilan tanishgan. Viloyat rahbari qurilish ishlarining borishi va majmuada dam oluvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirgan.

Ta’kidlanishicha, bu yerda sayyohlar uchun an’anaviy va noan’anaviy bo‘lgan 10 ga yaqin xizmat turlari yo‘lga qo‘yiladi. Ot, tuyada hamda kvadrosiklda sayr qilish, tuz va tuya suti bilan davolash, yulduzlarni kuzatish xizmatlari shular jumlasidandir.

Ushbu maskan loyiha quvvatiga ko‘ra kuniga 250 nafarga yaqin dam oluvchiga xizmat ko‘rsatadi. Majmua ishga tushgach turizm xizmati eksporti yiliga 800 ming dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

11:06 / 11.04.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida "Farg‘ona vodiysining oltin sayyohlik halqasi" yaratiladi

16:51 / 02.04.2025
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?

12:08 / 24.03.2025
Nurotada bog‘cha bolalariga yaroqsiz go‘sht berilayotgani aniqlandi

15:34 / 28.02.2025