Buxoroda 6 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Foto: IIB axborot xizmati
Buxoroda boshqaruvni yo‘qotgan «Lasetti» 5 ta mashinaga shikast yetkazdi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
2022 yil 4 mart kuni soat 19:10 larda Buxoro shahar Islom Karimov ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘lning «Buxoro Hududgaz» binosi ro‘parasida harakatlanib kelayotgan «Lasetti» avtomashinasi haydovchisi to‘satdan yo‘nalishni o‘zgartirgan.
Qayd etilishicha, u orqadan kelayotgan «Spark» avtomashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va harakat oqimiga qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 4 ta avtomashinalarga shikast yetkazgan.
YTH natijasida biror bir fuqaro tan jarohati olmagan.
Holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avval Toshkentda YTHlar ko‘proq qaysi tumanlarda yuz berishi ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

09:47
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

11:32 / 19.04.2025
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025