Buxoroda ayol haydovchi o‘zi bilan janjallashgan ayolni mashinasida urib yubordi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Qorako‘l tumanida bir guruh ayollar yo‘l ustida o‘zaro janjal ko‘tarishdi. Ulardan biri Spark mashinasini ayollar ustiga haydagan. Tergovga qadar tekshiruv ishlarini viloyat IIB o‘z nazoratiga olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda bir nechta ayol o‘zaro janjallashgani aks etgan videolavha tarqaldi. Viloyat IIBga ko‘ra, holat mas’ul xodimlar tomonidan o‘rganilgan.
Ma’lum qilinishicha, voqea 21 fevral kuni soat 13:50 da Qorako‘l tumani Xo‘jalar mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Sh. ismli ayol Spark mashinasi bilan S.K. ismli ayolni urib yuborib, unga tan jarohati yetkazgan. Hozirda holat yuzasidan viloyat IIB nazorati ostida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Jondor tumanida o‘zaro futbol o‘ynagan ikki qishloq fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir etilgandi.
Mavzuga oid

09:47
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

11:32 / 19.04.2025
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

22:28 / 16.04.2025