Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sun'iy intellekt sohasida maxsus rejim tashkil etilmoqda
Hukumat qarori bilan sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Shutterstock
Maxsus rejim IT-parkning alohida bo‘g‘ini bo‘lib, u yerda alohida huquqiy yengilliklar yaratiladi va yuridik shaxslar va ilmiy tashkilotlar tomonidan dasturiy mahsulotlar tajribadan o‘tkaziladi va amaliyotga joriy qilinadi.
Maxsus rejim ishtirokchisi bo‘lish uchun talabgorlar IT-parkning maxsus veb-platformasi orqali ariza topshiradi. Arizalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 5 ish kunida dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.
Ekspert kengashi va Muvofiqlashtirish komissiyasi xulosalari asosida vazirlik talabgorlarni ishtirokchi sifatida ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Maxsus rejim ishtirokchilari o‘z xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga sarflangan xarajatlari davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Ishtirokchilarga tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma'lumot hamda hujjatlarni, shaxsga doir egasizlantirilgan ma'lumotlarni vazirlik, idora va tashkilotlardan olish huquqi beriladi.
Mavzuga oid

23:22 / 15.07.2025
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi

21:34 / 14.07.2025
Meta Apple muhandisini 200 mln dollar evaziga ishga yolladi

21:29 / 10.07.2025
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi

18:22 / 10.07.2025